Tailwind CSS kichik loyihalarda juda qulay, lekin katta jamoalarda ishlaganda bir nechta yaxshi qoidalarni bilish muhim. Aks holda className'lar nazoratdan chiqib ketishi mumkin.
Komponentlashtrish
Bir xil class'lar to'plamini qayta-qayta yozish o'rniga, React komponentlari yarating. Button, Card, Badge — bulар alohida komponent sifatida ajratilsa, kelajakda o'zgartirishlar osonlashadi.
Design tokens
tailwind.config.ts'da loyiha uchun maxsus ranglar, fontlar va o'lchamlarni aniqlang. Arbitrary qiymatlar ([14px], [#5b8def]) o'rniga semantic tokenlar ishlating — bu consistency'ni ta'minlaydi.
clsx va cva
Shartli class'lar uchun clsx yoki cva kutubxonalarini ishlating. Bu uzoq ternary operatorlar o'rniga toza va o'qimli kod yozishga yordam beradi.