CSS Grid va Flexbox — zamonaviy veb-dizayndagi ikki asosiy layout tizimi. Ularning farqini va qaysi vaziyatda qaysi birini ishlatishni bilish har bir frontend dasturchisi uchun zarur.
Flexbox — bir o'qli tartib
Flexbox asosan bir yo'nalishda (gorizontal yoki vertikal) elementlarni joylashtirish uchun mo'ljallangan. Navigatsiya bar, button guruhlari, card ichidagi elementlar — bular uchun Flexbox ideal tanlov.
CSS Grid — ikki o'qli tartib
Grid tizimi ikki o'q bo'ylab (qator va ustun) elementlarni boshqarish imkonini beradi. Sahifaning asosiy layout'i, karta to'plamlari, gallery — Grid bu vazifalarni ancha oson hal qiladi.
Qaysi birini tanlash kerak?
Oddiy qoida: agar elementlar bir qatorga yoki bir ustunга joylashtirilyapti — Flexbox. Agar ikki o'qda ham boshqarish kerak bo'lsa — Grid. Ko'p hollarda ikkisini birga ishlatish eng yaxshi natija beradi.